×
Menu
Close Menu

​Yong‘in avfsizligi oyligi doirasida tadbir o‘tkazildi

  Kunlar sovushi bilan aholi o‘rtasida issiqlik manbalariga, isitish jihozlariga bo‘lgan talab oshadi. TTabiiyki,aksariyat yurtdoshlarimiz tomonidan sovuq kunlarda nosoz va nobop isitish moslamalari va mo‘rilardan foydalanish holatlari ko‘plab kuzatiladi. Bu esa yong‘in kelib chiqishi, is gazidan zaharlanishga olib keluvchi omil bo‘lishi mumkin.

  Yurtimiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish maqssadida ko‘plab tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz bo‘ylab "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi vakillari ishtirokida yong‘in xavfsizligi profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda pot polkovnik U.Axrorov so‘zga chiqib, talabalar turar joylari, ijaradagi xonadonlarda isitish tizimlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, qo‘l bola isitish tizimlaridan foydalanmaslik haqida tushunchalar berib o‘tdi.

  Shuningdek, tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi vakillari tomonidan yong‘inni bartaraf etish choralariga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.


SamDTU Matbuot xizmati