×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Boshqird davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni kengaytiradi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Boshqird davlat tibbiyot universiteti bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Hamkorlik doirasida bir qator qo‘shma loyihalar, anjumanlar o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvlari tashkil etilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 3-dekabr kuni SamDTUga Boshqird davlat tibbiyot universiteti  klinikasining gospital jarrohlik kafedrasi professori Robotik markaz rahbari Artur Marsovich Avzaleddinov hamda Boshqird davlat tibbiyot universiteti gospital jarrohlik kafedrasi xodimi Salavat Miryanovich Gubaydullin tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, xususan jarrohlik, robot jarrohlik sohalarida birgalikda ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzib chiqishga kelishildi.

  Tashrif doirasida mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti va unda yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet  tarixi muzeyiga ham sayohat uyushtirilib, qariyb yuz yillik tarixga ega universitet haqida qiziqarli ma’lumotlar ulashildi.


SamDTU Matbuot xizmati