×
Menu
Close Menu

​“Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

  1995-yil 16-noyabrda UNESCO tomonidan “Xalqaro bag‘rikenglik” kuni e’lon qilindi. Shundan buyon har yili ushbu sana dunyo miqyosida keng nishonlanib kelinadi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika fakulteti tashabbusi bilan 16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda shahrimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ham mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbir davomida bag‘rikenglik yuksak insoniy fazilat ekanligi hamda o‘zbek xalqining boshqa millat va elat vakillari bilan do‘stona aloqalari haqida so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati