Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Tibbiyot talabalarining xalqaro yozgi maktabi" bo‘lib o‘tmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida an’anaviy tarzda davom etib kelayotgan "Tibbiyot talabalarining xalqaro yozgi maktabi" o‘tkazilmoqda. Bugun xalqaro yozgi maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilishida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev barcha ishtirokchilarni tabrikladi. Shuningdek, tashkil etilayotgan mazkur yozgi maktabning ahamiyati haqida so‘z yuritib, talabalarning yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishlari uchun maydon vazifasini o‘tashini ta’kidlab o‘tdi.

  Ochilishdan so‘ng O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan yigirmadan ziyod tibbiyot oliygohlarining ellikdan ortiq talabalari o‘z universitetlari tarixi va faoliyati bilan taqdimotlar orqali tanishtirdilar.

  Shuningdek, yozgi maktab doirasida ishtirokchilar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Simulyatsion markazga ham tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv-simulyatsion xonalar bilan tanishdilar. Ishtirokchilar Simulyatsion markazda o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish hamda o‘zaro bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 "Tibbiyot talabalarining xalqaro yozgi maktabi" 12-17-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan.


SamDTU matbuot xizmati