×
Menu
Close Menu

​S.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlik yanada kengayadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti S.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib bugunga qadar ko‘plab birgalikdagi loyihalar hamda akademik almashinuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 30-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga S.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Zafar Aminov hamda O‘quv ishari bo‘yicha prorektor Nargiza Yarmuxamedovalar kutib oldi. Tashkil etilgan uchrashuvda ikki oliygoh haqidagi ma’lumotlar almashilib, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish borasida so‘z yuritildi.

  Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni aks ettiruvchi memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, birgalikda forumlar va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, talabalar uchun mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazish, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini tashkil etishga kelishildi.


SamDTU matbuot xizmati