Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida buyrak ko‘chirish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida yangi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan jarrohlik markazi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur markazda ko‘plab murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 13-iyul kuni SamDTU 1-sonli xirurgik kasalliklari va transplantologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi bilan og‘rigan 20 yoshli bemorda yuqori texnologiyali buyrak ko‘chirish operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  Operatsiyadan keyin bemor va donor doimiy shifokorlar nazoratida bo‘ldi va bemorning hozirgi ahvoli yaxshi.

  Endilikda markazda buyrak ko'chirish operatsiyalarini muntazam tarzda o'tkazish rejalashtirilgan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida amalga oshirilayotgan bu kabi murakkab va yuqori texnologiyali operatsiyalar mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga hissa qo‘shadi.