×
Menu
Close Menu

​Qirg‘izistonlik mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

  Joriy yilning 16-17-iyul kunlari Samarqand shahrida  O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bir qancha istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘zida mujassam etgan forum doirasida Qirg‘iziston delegatsiyasi bir qancha diqqatga sazovor maskanlar bilan birgalikda Samarqanddagi oliy ta’lim tizimi va sharoitlari bilan ham yaqindan tanishish, universitetlarga bevosita tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

  Jumladan, bugun forum doirasida Qirg‘iziston delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda universitetning yangi o‘quv binosi, unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, mehmonlar universitetdagi ta’lim tizimi, o‘quv platformalari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv va amaliyot xonalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universitetining qariyb yuz yillik tarixini o‘zida mujassam etgan muzeyga ham ekskursiya tashkil etilib, Qirg‘iz delegatsiyasi SamDTU tarixi va faoliyatiga doir qiziqarli ma’lumotlarni oldilar.


SamDTU matbuot xizmati