Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU rektoriga “Yilning eng yaxshi universitet rektori 2023” tanlovi bo‘yicha diplom va maxsus sertifikat topshirildi

  2023-yilning dekabr oyida Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyatini baholash maqsadida talabalar o‘rtasida so‘rovnoma asosida “Yilning eng yaxshi universitet rektori 2023” tanlovi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev eng ko‘p ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

  Bugun "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash" loyihasi asoschisi Egamnazar Abdulboqiyev tomonidan universitet rektoriga Yilning eng yaxshi universitet rektori 2023” tanlovi g‘oliblik diplomi,hamda ramziy statuetka topshirildi. Shuningdek, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “DIAMOND EDUCATION” ta’lim platformasida universitetning 30 nafar talabasi 3 oy bepul ta’lim olishi uchun vaucherini o‘zida mujassam etgan sertifikat ham taqdim etildi.

  Mazkur vaucher bilan SamDTUning 30 nafar faol talabalari “DIAMOND EDUCATION” da 3 oy mobaynida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


SamDTU matbuot xizmati