Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori va iqtidorli talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratish, qolaversa universitetda ta’lim sifati va sharoitini yanada takomillashtirish, talabalar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida universitet rektori bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinadi.

  Jumladan, joriy yilning 12-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev iqtidorli, bilimga chanqoq va tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalarning fikr va mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi.

  Shuningdek, tadbir doirasida Universitetdagi o‘qishi davomida tengdoshlari orasida iqtidori va faolligi, izlanuvchanligi hamda fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib, “REKTOR STIPENDIYASI” ni qo‘lga kiritgan hamda bir qator Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar, fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan talaba-yoshlarga diplom va sertifikatlar topshirildi.

SamDTU matbuot xizmati