Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda Respublikamiz bilan bir qatorda ko‘plab xorijiy mamlakatlardan ham talabalar kelib ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, universitetda hozirda ikki mingdan ziyod Hindistonlik va Pokistonlik talabalar Xalqaro ta’lim fakultetida malakali tahsil olib kelmoqda.
Joriy yilning 12-iyun kuni universitetning bir guruh Hindistonlik bitiruvchi talabalariga diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda SamDTU rektori, propfessor Jasur Rizayev ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni topshirdi hamda barcha Hindistonlik bitiruvchilarni tabriklab, ularning keyingi faoliyatlarida omadlar tiladi.
SamDTU matbuot xizmati