Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Toksikologiyaning dolzarb muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda

  Joriy yilning 15-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Toksikologiyaning dolzarb muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar ish boshladi. Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Respublikammiz bilan bir qatorda Rossiya hamda Xitoydan soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

  Seminarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev ochib berdi va tashkil etilgan mazkur seminarning Respublikamiz tibbiyoti, xususan, klinik toksikologiyani yanada rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, anjuman xalqaro aloqalarning mustahkamlanishi, o‘zaro tajribalarining almashinishida muhim omil bo‘lib xizmat qilinishi ham alohida e’tirof etildi.

  Toksikologiyaning dolzarb muammolari haqida yangi ma’lumotlar olish, klinik toksikologiya sohasidagi so‘nggi yutuqlar va muammolarni muhokama qilish va xalqaro tibbiyot hamjamiyatlarining tajribasi va bilimlarini birlashtirish orqali soha rivojiga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilayotgan seminarda bir qator mavzular yuzasidan ochiq ma’ruzalar tinglandi.


SamDTU matbuot xizmati