Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Germaniyaning OPASCA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, birgalikda bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, SamDTU bazasida Samarqand viloyatiga qarashli hamshiralarni Germaniyada mutaxassislik bo‘yicha ish bilan ta’minlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Zafar Aminov hamda Germaniyaning OPASCA tashkiloti bosh direktori Aleksey Sverdlov ishtirok etib, Samarqand viloyatiga qarashli hamshiralarning 30 nafari bilan suhbatlar tashkil etildi. Suhbat natijalari o‘rganib chiqilgach, tavsiya etilgan hamshiralar Germaniya Federativ Respublikasida mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, OPASCA tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, mutaxassislar salohiyatini oshirish va bemorlarning salomatligini yaxshilash maqsadida sog‘liqni saqlash jarayonlarini raqamlashtiruvchi tashkilot hisoblanib, bugungi kunda SamDTU bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda.
SamDTU matbuot xizmati