Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“TIBBIYOT VA FARMATSIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR, YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”

  BMT bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabr 70 — sessiyasida “11-fevral ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni kuni” sifatida eʼlon qilingan boʻlib, mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

  Shu munosabat bilan SamDTUda “ILMLI AYOL — JAMIYAT KOʻZGUSI” shiori ostida “TIBBIYOT VA FARMATSIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR, YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” mavzusida ilmiy amaliy anjuman boʻlib o'tdi.

  Unda viloyat hokimligi “Oila va xotin-kizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi O.Abdumuinova, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari, dekan maslahatchilari,  professor-oʻqituvchilar, klinik ordinatorlar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.

  Anjumanda mustaqil va Yangi Oʻzbekistonimizda xotin-qizlarning jamiyat va uning taraqqiyotidagi rolini oshirish, xotin-qizlarning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash borasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar, bir qator ijtimoiy imtiyozlar hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar hamda tibbiyot va farmatsiyada yangi innovatsiyalar, tadqiqotlar, muammo va yechimlar toʻgʻrisida maʼruzalar tinglamdi. Shuningdek, seminarda ilmiy asoslangan  taqdimotlar o'tkazilib, bahs-munozaralarga boy  qiziqarli savol javob tarzda oʻtdi.


SamDTU matbuot xzimati