×
Menu
Close Menu

​Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash doirasida davra suhbati tashkil etildi

  Maʼlumki, bugun baʼzi davlat va jamiyatlarda murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli toʻqnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Bularning sababini esa oʻsha hududlardagi diniy ekstremistik va terroristik harakatlarning avj olganligi bilan izohlash mumkin.

  Joriy yilning 1-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash doirasida talablar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda SamDTU rektori maslahatchisi Elyorbek Oripov Alimovich, 2-son Davolash ishi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari R.X.Boboqulov fakultet talabalariga diniy ekstrimizm va terrorizm haqida tushunchalar berib, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotning qadriga yetish hamda asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʻshish har birimizning burchimiz ekanini taʼkidladi.

SamDTU matbuot xizmati