Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU Neyroxirurglari Tyumen Federal neyroxirurgiya markazida malaka oshirdilar

  SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazining yetakchi mutaxassislari Rajabov X.X. va Husanov Z.T. 2023-yil 28-29-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida o‘tkazilgan “Bosh asosi o’smalarida endoskopik transnazal xirurgiya” xalqaro ilmiy-amaliy o’quv kurslari va anjumanida ishtirok etishdi.

  Anjumanda Rossiya Federatsiyasi va jahonning eng yetakchi neyroxirurg-professorlar, neyroxirurgiya sohasining taniqli vakillari qatorida SamDTU delegatsiyasi vakillari ham ma’ruzalar bilan faol ishtirok etdilar.

  Anjuman doirasida Tyumen Federal neyroxirurgiya markazi direktori professor Sufianov A.A., Felix Vinod (Hindiston), t.f.d., professor Lyashenko Sergei Nikolayevich (Rossiya), t.f.d. Daniel Prevedello (AQSh), t.f.d. Lyashenko Diana (Rossiya), t.f.n. Polev Georgiy (Rossiya), t.f.n. Skripnikov Aleksandr (Rossiya), Dubovoy Andrey (Rossiya) va professor Roman Bosnyak (Sloveniya) kabi yetuk mutaxassislar ma’ruzalar qilishdi.

  Ishirokchilar 3D-kadaver labaratoriyasida (murdalarda kesib o’rganish) bo’lib o’tgan master-klass loyihasida o’z malakalarini oshirib, bosh asosi xirurgiyasida qo’llaniluvchi yuqori texnologiyali operatsiya usullarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

  Mutaxassislarimiz anjumanning ikkinchi kunida o’tkazilgan “Live surgery” amaliyotida murakkab lokalizatsiyali o’smalarda bajarilgan operatsiyalarda ishtirok etib, anjuman so‘ngida sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Rossiya federatsiyasining Tyumen shahridagi Neyroxirurgiya markazi jamiyati bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

SamDTU matbuot xizmati