×
Menu
Close Menu

​Talabalarning boʻsh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarning darslardan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish, ularni turli intellektual oʻyinlar, sport musobaqalari hamda ekskursiyalarga jalb qilish orqali bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish, ytoshlarga vatanparvarlik ruhini singdirish oldinga qoʻyilgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

  Universitetda doimiy ravishda talabalar bilan davra suhbatlari, turli tadbirlar hamda ekskursiyalar tashkil etib kelinadi. Jumladan, kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti dekani .U. Lutfullayev tashabbusi bilan talabalar bilan birgalikda Markaziy harbiy okrugi 13060-harbiy qismga tashrif buyurildi. Tashrif davomida talabalar harbiy qism faoliyati va undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Shuningdek, talabalarga harbiy qoʻl jangi va faxriy qorovul chiqishlari hamda qurollar koʻrgazmasi namoyish etildi.

SamDTU matbuot xizmati