17-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasi Smolensk Davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Smolensk Davlat tibbiyot universiteti professori Ginali Nikolay Vasilievich hamda professor Nikolayev Aleksandr Ivanovichlardan iborat mehmonlarni SamDTU rektori, professor, Jasur Alimdjanovich Rizayev kutib oldi.
Tashrifdan maqsad SamDTU hamda Smolensk davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishdan iborat edi. Uchrashuvda ikki taʼlim muassasasi hamkorligida klinik ordinatura mutaxassislarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va sifatli tibbiy ta'limni rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi.
Uchrashuv soʻngida SamDTU rektori Jasur Rizayev mehmonlarga universitet ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalarini topshirdi.
SamDTU matbuot xizmati