×
Menu
Close Menu

​SamDTU neyroxirurglari Osiyo neyroxirurgiya Kongressida ishtirok etdilar

 15-17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Oʻzbekiston neyroxirurglari Assotsiatsiyasi, Osiyo neyroxirurglari Kongressi va Xalqaro minimal invaziv neyroxirurgiya jamiyati tomonidan Toshkent shahrida Osiyo neyroxirurgiya Kongressi Markaziy Osiyo neyroxirurglariniBuyuk Ipak Yoʻlianjumani va Minimal invaziv neyroxirurgiya jamiyatining 7 Kongressi oʻtkazildi. Tadbirda respublikamiz va 10 dan ortiq xorijiy davlatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar. Kongressda Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasidan bir guruh professor-oʻqituvchilar, klinik ordinatorlar vaYosh neyroxirurglartalabalar ilmiy jamiyati aʼzolari ishtirok etdilar.

  Kongress dasturi boʻyicha neyroanatomiya, qon tomirlar neyroxirurgiyasi, neyroonkologiya, spinal neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi, “neyro-hamshira”, “Yosh olimlar tanlovikabi yoʻnalishlarida 150 dan ortiq maʼruzalar qilindi. SamDTU neyroxirurgiya kafedrasi professori, t.f.d. A.M.Mamadaliyev kongressning plenar majlisi spinal neyroxirurgiya boʻyicha shoʻba yigʻilishida raislik qildilar. SamDTU neyroxirurgiya kafedrasi mudiri dos.M.A.Aliyev “Possibilities of modern diagnostic methods and results of surgical treatment of Kimmerle anomalymavzusida maʼruza qildi. Shuningdek, kongressning ilmiy ishlari toʻplamida kafedra xodimlarini tezislari chop etildi.

  Kongress doirasidaEndovaskulyar neyroxirurgiya va qon tomirlar anastomozlari hosil qilish”, “Glioma, gipofiz oʻsmalari xirurgiyasi”, “Bosh miya qon tomirlari ochiq xirurgiyasiboʻyicha oʻquv-amaliy taʼlim kurslari (workshop) oʻtkazildi. MazkurWorkshopkurslarida SamDTU vakillari ham faol ishtirok etdilar.

  Oʻtkazilgan anjuman sohani deyarli barcha yoʻnalishlarida qilingan ilmiy maʼruzalarni ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, innovatsiyalarning turli-tumanligi, qatnashuvchilarning geografiyasi kengligi bilan ajralib turishi bois, Markaziy Osiyo neyroxirurgiyasining rivojlanishida navbatdagi tarixiy bosqich sifatida eʼtirof etish mumkin.



SamDTU matbuot xizmati