19-21-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Germaniyaning Kox institutining “Catinca” loyihasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqaruvi kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Oʻlim sabablari va oʻlim koʻrsatkichlari statistikasi” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtmoqda.
Seminarda 10 ga yaqin davlatlardan, shu jumladan Armaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Gruziya, Tojikiston, Germaniya va Mongoliyadan 30ga yaqin professor-oʻqtuvchilar hamda soha mutaxassislari qatnashdilar.
Seminarda SamDTU rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi universitet professor-oʻqtuvchilari jamoasi faol qatnashdi. Uch kun davom etishi rejalashtirilgan seminar davomida turli davlatlarda kasalliklarning oʻlim holatlari, sabablari omillarining kelib chiqishi borasidagi statistik koʻrsatkichlari tahlil qilinib, qanday qilib inson umrini uzaytirish va oʻlim holatlarini kamaytirish borasida muhokamalar boʻlib oʻtadi.
SamDTU matbuot xizmati