Erta tongdan yomgʻirli ob-havo boʻlishiga qaramasdan Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi binosida “Baxtli yashash uchun sabab” mavzusida motivatsiya ulashuvchi psixologik aksiya oʻtkazildi.
Aksiya tadbirining bosh maqsadi insonning yashashdan asl maqsadini anglatish hamda uni hayotining har lahzasiga boʻlgan shukronalik hissini uygʻotishdan iborat boʻlib, universitet talaba-yoshlari, professor-oʻqituvchilar va barcha xodimlarga hush kayfiyatlilik bagʻishlabgina qolmay ularda shukronalik hissini uygʻotishga turtki boʻldi.
Aksiya davomida barcha ishtirokchilar oʻzlarida ruhiy motivatsiya va pozitiv kayfiyatni hosil qilishdi.