Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik” davra suhbati oʻtkazildi

  1-nayabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida fakultetlar maʼnaviyat ishlari boʻyicha fakultet dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashaylik ” mavzusida davra-suhbati oʻtkazildi. Uchrashuvda Samarqand viloyat hokimining oʻrinbosari B.Qodirov, Samarqand viloyat DIQ bosh mutaxassisi S.Boymurodovlar ishtirok etdilar.

  Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yoshlarimizni turli yot gʻoyalar, “ommaviy madaniyat”, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan saqlash, ogoh va hushyor boʻlish, kelajagimiz egalarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun faqat maʼrifatga, maʼnaviyatga tayanish lozimligini taʼkidladi. Maʼrifat, ilm ularning maʼnaviy olamini, dunyoqarashini boyitish bilan birga yoshlarimizdagi vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga ham xizmat qilishi toʻgʻrisida fikrlar bildirdi.

  Ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat, giyohvandlik kabi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tushunchalar berildi. Ushbu illatlarga qarshi kurashishda barcha jamiyat a’zosi bir hil masʼul ekanligi ishtirokchilarga tushuntirib oʻtildi. Uchrashuv davomida “Yoshlarni diniy aqidaparastlik oqimidan saqlash va missionerlik bilan kurashish” mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

  Jonli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda barcha belgilangan masalalar muhokama qilindi, berilgan savollarga malakali va to‘liq javoblar qaytrildi.




SamDTU matbuot xizmati