Joriy yilning 10 oktabridan boshlab Samarqand davlat tibbiyot universitetida rektor Jasur Rizayev tashabbusi bilan oliygohga 2022-2023 oʻquv yilida ishga qabul qilingan yosh oʻqituvchilar uchun mahorat oʻquv kurslari tashkil qilingan.
Yosh pedagoglar uchun moʻljallangan maxsus kursda universitetni DKTF “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi mudiri dotsent L.R.Agababyan, shu kafedra dotsent v.v.b. Z.A.Nasirovalar “Yosh oʻqituvchilar uchun klinik taʼlim koʻnikmalari” oʻquv dasturi asosida darslar olib bormoqda.
Jumladan, 31 oktabr kuni DKTF akusherlik va ginekologiya kafedrasi joylashgan 2-tugʻruqxona majmuasida kafedra dotsent v.v.b. Z.A.Nasirova tomonidan “BIV ni standart kiritish koʻnikmasi” mavzusida ochiq amaliy mashgʻulot darsi oʻtkazildi. Ochiq dars jarayonida interfaol pedagogik mahorat usullaridan foydalangan holda standart kiritish koʻnikmasi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mashgʻulot yosh pedagoglar tomonidan iliq kutib olindi va jonli muloqot tarzida oʻtkazildi.
SamDTU matbuot xizmati