21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand shahar Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida buyuk shoir va mutafakkir Mir Nizomiddin Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Tantanali tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ham ishtirok etdi.
Tadbirda chiqish qilganlar xalqimizning milliyligi, oʻzligi va barcha qadriyatlarini oʻzida jam etgan ona tilimizga eʼtibor bugun har qachongidan-da kuchayganligi, ona tilimiz haqida qonuni 33 yil oldin qabul qilinishi, bu hujjatni davlat tilini rivoji uchun ahamiyati, buyuk shoirni ijodidan namunalar oʻqidilar. Talabalar va teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga koʻtarinki ruh baxsh etdi.
Shu kunning oʻzida Samarqand davlat tibbiyot universitetining tibbiy pedagogika, hamshiralik ishi va xalq tabobati hamda 2-son davolash ishi fakulteti tomonidan talabalar uchun “21 oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Ona tili — millat koʻzgusi” bayram dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda SamDTU Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Aziza Mahmudova oʻzbek tili qonunining qabul qilinishi, milliy maʼnaviyat va maʼrifat uchun ahamiyati, ona tilini davlat va jamiyatni rivojidagi oʻrni haqida batafsil tushuntirib berdi. Uchrashuvda “Marjona” bolalar ansanbeli, universitetni faol talabalari oʻzlarining sheʼrlarini oʻqidilar, musiqiy va raqsona chiqishlar namoyish etib barchaga bayram kayfiyatini ulashdilar.
SamDTU matbuot xizmati