Samarqand davlat tibbiyot universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va targʻib qilish maqsadida “Kasaba uyushmalari” va “Tibbiyot xodimlari” kunlariga bagʻishlab erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida “
Universitet fakultetlari, kafedralar hamda akademik litsey xodimlaridan iborat 16
Final oʻyinida universitet rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi universitet maʼmuriyatini vakillari ishtirok etdilar.
Oʻtkazilgan keskin bellashuv natijasida 1-oʻrinni Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi akademik litsey jamoasi, 2-oʻrinni 2-son davolash fakulteti jamoasi, 3-oʻrinni universitet buxgalteriya jamoasi egalladi.
Gʻolib jamoalar aʼzolariga ajoyib oʻyin uchun minnatdorchilik bildirildi, diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, universitetning erkaklar va ayollar jamoalari aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha musobaqa gʻoliblari ham diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari va talabalari oʻrtasida sogʻlomlashtirishga qaratilgan sport musobaqalarini oʻtkazish muntazam ravishda davom ettiriladi.