1996 yil 18
Bugun ham Samarqand shahri kuni tantanalari erta tongdan Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi, buyuk bobokalonimiz xotirasiga Qurʼon tilovati qilindi. Mazkur marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat va shahar faollari, oliy taʼlim massalari rahbariyati, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligida professor-oʻqituvchilar Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyish marosimida ishtirok etdilar.
Asosiy bayram tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi va Universitet xiyobonida boʻlib oʻtmoqda. Viloyatimiz va shahar ahli hamda mehmonlari tashkil etilgan gullar bayrami, qushlar bayrami, oziq-ovqat festivali, kitob koʻrgazmalari va boshqa qator tadbirlarni koʻzdan kechirishlari mumkin.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham mazkur tantanalarda tashkil qilingan oʻzining sport musobaqalari, milliy taomlar va kitoblar koʻrgazmasi, xorijlik talabalar tomonidan chet el madaniyatini taqdimotlari bilan bayram kayfiyatiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshdi.