Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet sport musobaqalariga start berildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetining professor-oʻquvchilari va ishchi xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom yashash qoidalarini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbekiston kasaba uyushmasi” va “Tibbiyot xodimlari” kuniga bagʻishlanib sport klubi tashabbusi bilan sportning “mini futbol”, “shaxmat” (erkaklar va ayollar) turlari boʻyicha musobaqalarga start berildi.

  Tantanali ochilishida Kasaba uyushmasi raisi Yaxshinor Allayarov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Eldor Tangirovlar ishtirokchilarga omad tiladilar.

  Mini futbol boʻyicha musobaqalar 16 ta jamoa oʻrtasida 3 kun davomida boʻlib oʻtadi.

  Ushbu musobaqaning mini futbol final bosqichi 2022-yil 14-oktabr kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.




SamDTU Matbuot xizmati