Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi faollari hamda 2-son davolash ishi, stomatologiya, tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetlar dekan maslahatchilari tomonidan 3-son talabalar turar joyida “Xalqaro qizlar kuni”ga bagʻishlab talabalar oʻrtasida “Islohotlar bilimdoni” viktorinasi tashkil etildi.
Viktorinada bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni, yoshlarni, talaba-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir qabul qilingan qonunlar, qonun osti hujjatlari, yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari eshitilib baholandi.
Barcha ishtirokchilarning bilimlari adolatli baholanib, tadbir tashkilotchilari tomonidan gʻoliblar taqdirlandilar.