×
Menu
Close Menu

​“Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi

  11 oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tomonidan 1-son talabalar turar joyida “Baxtli kelajak sari” mavzusida talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Davra suhbatida soʻz olgan universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xudayberdieva, pediatriya fakulteti dekan maslahatchisi R.Karimova, tibbiy pedagogika fakulteti dekan maslahatchisi Sh.Xodjaeva mamlakatimiz yoshlariga, ayniqsa qizlarning ijtimoiy-siyosiy, tibbiy, huquqiy bilimlarini mustahkamlash, taʼlim olishi va kasb-hunarga oʻrgatish masalalariga katta eʼtibor qaratilayotganligi gapirib berdilar. Shuningdek, milliy va oilaviy qadriyatlarimiz, qizlar tarbiyasi, odobi, va sogʻlom turmush tarzi tamoyillari toʻgʻrisida fikrlar ham bildirdi.

  Tadbir samimiy ruhda oʻtkazildi, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.


SamDTU matbuot xizmati