“1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami arafasida Samarqand viloyati va Samarqand shahar hokimliklarida taʼlim va maʼrifat sohalari xodimlari ishtirokida bayram uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirlarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti bir guruh professor-oʻqituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Samarqand viloyatida oliy tibbiyot taʼlimini rivojlantirish va munosib kadrlar tarbiyalashga qoʻshgan hissasi uchun universitetning bir guruh xodimlari Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, SamDTU xodimlari Samarqand shahar hokimligida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand shahar boʻlinmasi rahbari Sadinova Nigora tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
SamDTU matbuot xizmati