×
Menu
Close Menu

​Universitet talabalari Malayziya klinikasida amaliyot oʻtmoqdalar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining bir guruh talabalari Xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov boshchiligida Malayziyani Selangor shahrida joylashgan Al-Sulton Abdulloh nomidagi Universitet klinikasida amaliyotni boshladilar.

  Talabalar Malayziyadagi aholiga koʻrsatilayotgan tez tibbiy yordam koʻrsatish tajribasi boʻyicha kursni mazkur klinikada xorijlik mutaxassislar rahbarligida oʻtaydilar.

  Universitetimiz vakillari malayziyalik oliygoh professori Dr. Sabariah Faizah Jamaluddin “Malayziyada tez tibbiy yordam tizimi” boʻyicha maʼruzalarida ishtirok etdilar.



SamDTU matbuot xizmati