Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Yangi oʻquv yilida maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boʻyicha uchrashuv

  Joriy yilning 19-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Eldor Tangirov raisligida barcha fakultetlarning yoshlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va tyuterlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

  Uchrashuvda yangi 2022-2023 oʻquv yilida talabalarni turar joy bilan taʼminlash, vaqtlarni mazmunli oʻtkizishni rejalashtirish, birinchi kurs talabalari orasida turli yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

  Shuningdek, uchrashuv jarayonida Universitetni “Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi” rahbari Lazizbek Shukurov tomonidan interactive.sammu.uz sayti orqali talabalar turar joyiga ariza yuborish borasida keng tushunchalar berildi.

  Yigʻilishda oʻquv yilida tarbiyaviy va maʼrifiy ishlarga doir yana bir qator masalalar muhokama etildi.



SamDTU matbuot xizmati