Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet xodimlar uchun xalqaro ekspert ishtirokida uslubiy seminar (master-klass) oʻtkazildi

  29-avgustdan Samarqand davlat tibbiyot universitetida Buyuk Britaniya Qirollik kolleji bilan hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar uchun Buyuk Britaniya Qirollik umumiy amaliyot shifokorlari kolleji professori, RCGP xalqaro akkreditatsiya boʻyicha tibbiyot direktori, Samarqand davlat tibbiyot universiteti faxriy professori Anvar Ali Xan “Test topshiriqlarini tuzish va OSKI tamoyillari” ilmiy-amaliy seminar va mahorat darsi boshlandi.

  Mazkur seminarni ochgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev uning taʼlim sifatini oshirish, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashda dolzarbligini taʼkidladi. Seminarda tibbiyot taʼlimi boʻyicha talabalar bilimini baholash usullari, xususan, attestatsiya, oʻz-oʻzini baholash, imtihon jarayoni va taʼlim samaradorligini baholash masalalari muhokama qilindi. Seminarda maʼruzachi tomonidan talabalar bilimini xolis baholashni nazariy asoslari, shuningdek, test topshiriqlari tuzishni standartlash va OSKI oʻtkazish boʻyicha amaliy takliflar taqdim etildi hamda imtihon elementlarini oʻzaro tekshirish va qayta koʻrib chiqish bilan bogʻliq jarayonlar ham tushuntirildi.

  Seminar yakunida ishtirokchilar professor Anvar Ali Xon bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va universitet professor-oʻqituvchilari uchun muntazam ravishda uslubiy mahorat darslarini oʻtkazish boʻyicha kelishib oldilar.




SamDTU matbuot xizmati