Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurglari xorijda malaka oshirishdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi uchun yuqori malakali kadrlarni tizimli ravishda tayyorlash hamda xalqaro ilmiy hamorlikni kengaytirish maqsadida neyroxirurgiya kafedrasi yosh xodimlari – Z.T.Husanov va A.M.Joʻrayevlar xorijda malaka oshirib keldilar.

  Husanov Z.T. Rossiya Federatsiyasi Tyumen shahridagi “Neyroxirurgiya federal markazi”da “Gipofiz oʻsmalari transnazal-transsfenoidal xirurgiyasi” yoʻnalishida malaka oshirish kursida 7-iyul — 4-avgustda tahsil oldi. Malaka oshirish davomida mazkur neyroxirurgiya markazi direktori — professor A.A.Sufianov bilan kelgusida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishiluvga erishildi.

  SamDTU neyroxirurgiya kafedrasini yana bir xodimi – assistent A.M.Joʻrayev Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi akademik N.N. Burdenko nomidagi Neyroxirurgiya ilmiy-amaliy milliy markaziga “Endovaskulyar neyroxirurgiya” mavzusida malaka oshirish kursida (2022-yil 18-iyul 12-avgust) stajirovka oʻtdi va mazkur dunyoga taniqli ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan yangi ilmiy rishtalarni oʻrnatib qaytdi.

  Yosh kadrlarning xorijiy yetakchi muassasalarda neyroxirurgiyaning ilgʻor, zamonaviy va dolzarb yoʻnalishlarida malaka oshirishlari kelgusida Universitetni klinikalari va viloyatimiz tibbiyot muassasalarida murakkab operatsiyalarining amalga oshirish uchun muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.




SamDTU matbuot xizmati