Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ilmiy-amaliy seminar

  5-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti yangi binosida oliygohning olima-ixtirochi ayollari va yosh tadqiqotchilar ishtirokida “Xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

  Seminarda Samarqand viloyat hokim oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Zebiniso Raxmonova, “Olima ayollar” uyushmasi viloyat boʻlimi raisi oʻrinbosari Sitora Sadikova, Samarqand shahar IIB xodimi, podpolkovnik Dildora Xatamova, SamDTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Shuxrat Ziyadullayev, oʻquv ishlar boʻyicha prorektor Nargiza Yarmuhamedova, xotin-qizlar maslahat kengashini raisi Gavhar Xudoyberdiyevalar maʼruzalar bilan chiqishlar qildilar. Seminar qizgʻin davom etib, fikr-mulohazalarga boy boʻlib, barcha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

  Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash” maqsadida oʻtkazilayotgan “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligida oʻz ishlari va taqdimotlari bilan faol ishtirok etgan Universitetni bir guruh olima-ayollariga sertifikatlar topshirildi.



SamDTU matbuot xizmati