Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Sogʻliqni saqlashda sunʼiy intellekt” seminari boʻlib oʻtdi

  26-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Sogʻliqni saqlashda sunʼiy intellekt” mavzusida talabalar uchun seminar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda CODESCHOOL asoschisi va yetakchi mutaxassisi Naxalov Zarifjon maʼruza qildi.

  Seminar davomida tinglovchilarga sunʼiy intellekt, uning tibbiyotda qoʻllanilishi hamda bugungi kunda IT-texnologiyalarning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, “Start up” loyihalarini amalga oshirishning asosiy jihatlari va ularni amalga oshirish yoʻllari ham koʻrib chiqildi.

  Seminar davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga professional javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati