Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet xodimlari Jomboy tumanida yuqori texnologik neyrojarrohlik amaliyotini oʻtkazdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kafedrasi reanimatologiya va anesteziologiya kafedrasini professor-oʻqituvchilari hamda 1-son klinika yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan Samarqand viloyatining Jomboy tumani tibbiyot birlashmasida “master-klass” tarzida murakkab va yuqori texnologik neyroxirurgik jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.

  Tuman tibbiyot birlashmasidagi bemorda “Bosh miyaning chap peshona boʻlagi sohasidagi intraserebral oʻsma” diagnozi tasdiqlangan va operativ davolash tavsiya etilgan. Bemorning yashash manzili va ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda SamDTU vakillari tomonidan Jomboy TTB maʼmuriyati taklifiga binoan 22 iyul kuni mazkur jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Operatsiyada Jomboy TTB travmatologiya va ortopediya, reanimatsiya va xirurgiya boʻlimlari vrach-ordinatorlari hamda bu yerda amaliyot oʻtayotgan talabalar qatnashdilar va murakkab neyroxirurgik operatsiya toʻgʻrisida tasavvurga va qoʻshimcha bilimlarga ega boʻldilar.

  Operatsiya natijasida murakkab tashxisi bemorda nevrologik defitsitlar kuzatilmasligiga erishildi.



SamDTU matbuot xizmati