Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Obninsk Radiologiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi (RF) bilan hamkorlik qiladi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori professor Jasur Rizayev tomonidan Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Radiologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi (Obninsk) bilan ilmiy, amaliy va oʻquv faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bitimni rossiyalik hamkasblar tomonidan Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi, akademik Andrey Kaprin imzoladi.

  Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya taʼlim akademiyasi akademigi Andrey Kaprin taʼkidlashicha, — “Biz MDH davlatlarining tibbiyot va taʼlim hamjamiyatlari bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarimizni uzganimiz yoʻq. Hozirgi vaqtda zamonaviy raqamli aloqalar barchamizga koʻproq muhtoj, chunki jonli muloqot, operatsiya xonalari va laboratoriyalardagi tajriba, shaxsiy aloqalarni texnik vositalar hech qachon joyini olmaydi. Oʻzbekistonlik hamkasblarimizni koʻrib, ular bilan tajriba almashishdan xursand boʻlamiz. Ularning koʻpchiligi biz kabi bir ilmiy maktabdan oʻtgan”.

  Shartnoma 5 yilga imzolanib, keyinchalik uzaytirish imkoniyati mavjud.

Manba:vestnik-obninsk.ru

SamDTU matbuot xizmati