Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqandda xalqimiz salomatligi yoʻlida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlariga bagʻishlangan memorial majmua ochildi

  20-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining binosida COVID-19 pandemiyasi davrida xalqimiz salomatligi yoʻlida jonini fido qilgan barcha tibbiyot xodimlariga bagʻishlangan memorial majmuaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev oʻzining kirish soʻzi bilan ochib berib, COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda tibbiyot xodimlari mehnati va koʻrsatgan qahramonliklari, xalqimiz, ota-onalarimiz, farzandlarimiz salomatligi yoʻlida tun-u kun qilayotgan mehnati barcha uchun jasorat namunasi boʻlganligini taʼkidladi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev oʻz soʻzida “Oq xalatli qahramonlar” barelyefining tibbiyot xodimlari jasoratining belgisi boʻlib qolishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, Tantanali marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari, viloyat va shahar sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

  Xotira barelyefining ochilish marosimidan soʻng mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosidagi fundamental tibbiyot kafedralarining moddiy-texnik taʼminoti bilan tanishib, universitetida oʻquv jarayonini olib borishini va Universitet talabalarining intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yuqori baholadilar.





SamDTU matbuot xizmati