Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida viloyat “Yoshlar festivali”ni bayram tadbirlari yuqori darajada oʻtkazildi

  “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Samarqand viloyati Yoshlar Festivali doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan viloyat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Yoshlar festivali doirasidagi “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Oʻyinda 10 ta OTM, jumladan SamDChTIning “Tarjimon”, SamVMIning “Veterinariya”, SamISIning “Galaktikus”, TATU Samarqand filialining “Al-Xorazmiy”, TDIU Samarqand filialining “Digital”, SamITUning “Pentogram”, SamDTUning “Ibn Sino”, TDAU Samarqand filialining “Sigma”, SamDUning “Tafakkur”, SamDAQIning “Bunyodkor” jamoalari 2 ta tur boʻyicha kuch sinashdilar.

  SamDTU yangi binosida oʻtgan oʻyinni final bosqichida SamDUning “Tafakkur” va SamDAQI ning “Bunyodkor” jamoalari sinashdilar. Oʻyinlarni yakuniy natijalariga koʻra 1-oʻrinni SamDAQIni “Bunyodkor”, 2-oʻrinni SamDUni “Tafakkur” va 3-oʻrinni SamDTUning “Ibn Sino” jamoalari egalladilar.

  Festival doirasida viloyat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi sport musobaqalarida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari turli sport turlarida faol qatnashibBasketbol” va “Voleybol” boʻyicha 2-oʻrin, “Gandbol” boʻyicha 4-oʻrin va “Mini-futbol” sport turi boʻyicha 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

  23-iyun kuni SamDTU yangi binosida universitet talaba-yoshlari uchun tashkil etilgan bayram kechasida ishtirok etgan Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov barcha gʻoliblar va Universitet magistratura bitiruvchilarini tantanali ravishda taqdirladi.

  Bayram kechasida Markaziy xarbiy okrugni xarbiy xizmatchilari tomonidan qurol-aslahalar koʻrgazmasi, harbiy tayyorgarlik bagʻishlangan chiqishlar, shaxmat, shashka, stol-tennisi, qoʻl jangi sport turlari boʻyicha ajoyib chiqishlar va oʻyinlar oʻtkazildi. Shuningdek, talabalar tomonidan milliy liboslar tanlovi, Xalqaro taʼlim fakulteti talabalari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar barchaga xursandchilik kayfiyatini olib keldi.

  Tadbir davomida Yoshlar Ittifoqi tomonidan bir qator faol, bilimi, mehnatsevarligi, namunali jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turadigan talabalarga tashakkurnomalar faxriy yorliqlar topshirildi.

  Soʻngra, taniqli xonandalari hamda raqs ansambllaring gala-konsert dasturlari boʻlib oʻtdi.

  24-iyun kuni esa, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” festivali doirasida Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablari 10 va 11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kimyo” hamda “Rus tili va adabiyoti” fanlaridan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” boʻlib oʻtdi.

  Ishtirokchilar SamDTU 1-son klinikasida tantanavor kutib olindi. Fanlar boʻyicha olimpiada karantin talablari asosida barcha qulayliklar yaratilgan auditoriyalarda oʻtkazildi. Samarqand viloyati umumtaʼlim maktablaridan kimyo fanidan 94 nafar, rus tili fanidan 100 nafar bitiruvchilar oʻz bilimlarini sinadilar. Test topshiriqlari uchun kimyo va rus tili fanlari uchun 40 tadan test savollariga 120 daqiqa vaqt berildi.

  Tanlov yakuni boʻyicha kimyo fanidan 10 sinflar oʻrtasida 1-oʻringa Toyloq tumani 45-umum taʼlim maktab oʻquvchisi Ulashboyev Dilshod, 2-oʻringa — Samarqand tumani 30-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Suxrobov Sohibjon va 3-oʻringa Pastdargʻom tumani 14-umum taʼlim maktab oʻquvchisi Abdusamatov Ogʻabek sazovor boʻldilar.

  Kimyo fanidan 11 sinflar oʻrtasida 1-oʻrinni Jomboy tuman 40-IDUM oʻquvchisi Ismoilova Gulyuz, 2-oʻrinni Paxtachi tumani 12-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Qulmatov Bobur, 3-oʻrinni Nurobod tumani 10-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Boliboyev Zavqiddin qoʻlga kiritdilar.

  Olimpiadani “Rus tili va adabiyoti” yoʻnalishi boʻyicha 10-sinflar oʻrtasida 1-oʻrinni Samarqand shahar 33-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Sadikova Amina, 2-oʻrinni Samarqand shahar 45-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Isayeva Elmina, 3-oʻrinni Kattaqoʻrgʻon shahri 3-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Narimova Jasmin qoʻlga kiritdi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha 11-sinflar oʻrtasida 1-oʻrin Samarqand shahar 51-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Kayayeva Gulnaz, 2-oʻrin Samarqand shahar 9-IDUM oʻquvchisi Soleyeva Saodat, 3-oʻrin Ishtixon tumani 35-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Ibodov Timurga nasib qildi.

  Barcha gʻoliblar SamDTU oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Nargiza Yarmuhammedova tomonidan tantanali ravishda tabriklandi va tegishli diplomlar bilan mukofotlandi.

  “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”dan soʻng barcha ishtirokchilar va ularning ustozlariga bayram dasturxoni tortildi.







SamDTU matbuot xizmati