Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU magistratura bitiruvchilarini YaDA boshlandi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti magistraturasi bitiruvchilari uchun Yakuniy Davlat attestatsiyasi boshlandi.

  2021-2022 oʻquv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetida amaliy sogʻliqni saqlashning 31 ta tor mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha 110 nafar magistratura rezidenti bitirilmoqda.

  Davlat attestatsiyasi avvalida Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Shuhrat Ziyadullayev, magistratura dekani Alisher Xazratov, YaDAning boshqa aʼzolari barcha bitiruvchilarga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish va hayot yoʻllarida muvaffaqiyatlar tiladilar. YaDAning birinchi bosqichida magistratura rezidentlari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha 100 ta test topshiriqlarini topshirdilar.

  Magistratura bitiruvchilarining Yakuniy Davlat attestatsiyasi davom etmoqda.





SamDTU matbuot xizmati