Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitet bitiruvchi kurs talabalari uchun YaDA jarayoni ketmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining stomatologiya va tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetlari talabalari Yakuniy Davlat attestatsiyasini topshirishni boshladi.

  2021-2022 oʻquv yilida stomatologiya fakultetini 155 nafar talaba bitirmoqda, ular YaDAning birinchi bosqichida 16 ta fanlar boʻyicha tuzilgan 100 ta test topshiriqlaridan oʻtmoqda. YaDA jarayoni shaffofligini taʼminlash maqsadida talabalarni ota-onalari va jamoatchilik uchun uchun imtihonlar jarayoni live.sammu.uz sayti orqali bevosita onlayn tarzda uzatilmoqda.

  Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti bu yili 2 ta yoʻnalish — tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya boʻyicha bitiruvchilarini chiqaradi. Bugun fakultet talabalari YaDAning OSKI imtihonlarini 12 stansiyadan muvaffaqiyatli topshirdilar.

  Boshqa fakultetlarda ham YaDA jarayoni boshlab yuborilgan.




SamDTU matbuot xizmati