Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Qizlarga eʼtibor — kelajakka eʼtibor” ochiq muloqoti oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan qizlarning salomatligiga, mustahkam bilimlarga ega boʻlishlariga, tarbiyasi, odob axloqi, muomala va kiyinish madaniyatiga eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida talaba qizlarning onalari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

  Tadbirda Universitet xotin-qizlar kengashi raisi G.I.Xudayberdiyeva, pediatriya fakulteti dekan maslahatchisi R. Karimova hamda kengash faollari bugungi kunda yurtimizda xotin qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa taʼlim sohasidagi imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar borasida toʻxtalib, qizlarimizning bilimli boʻlishlari, tarbiyasi uchun barchaning masʼulligini hamda hamkorligini yanada mustahkamlash zarur ekanligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirdilar.

  Muloqot juda qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtib, qiziqarli savol javoblarga boy boʻldi va talaba-qizlarning onalarida chuqur taassurotlar qoldirdi.



SamDTU matbuot xizmati