4-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Stomatologik kasalliklarini davolashda innovatsion yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Ilmiy anjumanda universitetga tashrif buyurgan rossiyalik yetakchi stomatolog-olimlar, amaliyotchilar, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Xalqaro konferensiyani SamDTU stomatologiya fakulteti dekani A.A.Axmedov ochar ekan, muhokama qilinadigan masalalarni mintaqada stomatologiyani fan va amaliyot sifatida yanada takomillashtirishda dolzarbligini taʼkidladi. Forumda tibbiyot fanlari doktori, professor
Maʼruzalardan soʻng Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari va xodimlarining faol ishtirokida muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Anjuman soʻngida barcha maʼruzachilarga esdalik sovgʻalari topshirildi va ishtirokchilar bilan birgalikda surat olindi.
Shuningdek, mehmonlar SamDTUning yangi oʻquv binosida boʻlib, oʻquv va laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda universitet tarixi muzeyi bilan tanishib chiqdilar.
SamDTU matbuot xizmati