Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchi” uchrashuvi oʻtkazildi

  3-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchi” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

  Tadbirni Universitetni ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Maxmudova ochib berib yigʻilishi dolzarbligi va ahamiyatini taʼkidlab oʻtdi. Uchrashuvda ishtirok etgan mehmonlar — viloyat IIB masʼul xodimi X.Sadullaev korrupsiya tushunchasi, uning amaliy ifodalanishi, mazkur illat bilan kurashishni dolzarbligi; korrupsiyaga qarshi kurash iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi xodimi D.Aliyev korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanligi; Yoshlar ishlari boʻyicha SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov korrupsiya har qanday koʻrinishi jamiyatni halokat yoqasiga olib borishi, taʼlim va tarbiya jarayonida mazkur illat bilan kurashish eng dolzarb masala ekanligi, taʼlim sohasida ishlaydiganlar barchaga halollik namunasi boʻlmogʻi lozimligi; SamDTU ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi k.oʻq. Sh.Majidov korrupsiyani nazariy tomonlari, ilmiy-nazariy taʼrifi va u bilan kurashish borasidagi zamonaviy qonunchilik haqida tushunchalar berdilar.

  Uchrashuv davomida OʻzR DXX hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida tayyorlangan “Taʼlimdagi tamagirlik” deb nomlangan videorolik ham namoyish etildi.

  Yigʻilish soʻngida SamDTU korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi L.Xudoyarov soʻzga chiqib, olgan tushunchalarni talabalar va xodimlar oʻrtasida targʻib etishga chaqirdi.



SamDTU matbuot xizmati