Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU akademik litseyi TTJda “Oila mustahkamligi sirlari” intellektual viktorinasi oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Akademik litsey talabalar turar joyida universitet talaba qizlari oʻrtasida erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, oila mustahkamligini taʼminlash doirasidagi bilimlarni boyitish maqsadida “Oila mustahkamligi sirlari” mavzusida intellektual viktorina oʻtkazildi.

  Universitet xotin-qizlar kengashi maslahat raisi G.I.Xudayberdieva oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, oila madaniyatini yuksaltirish, oilalar farovonligiga erishish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Stomatologiya fakulteti dekan maslahatchisi A.Kamalova va tyutor M.Akabaevalar viktorinani olib borib oʻquvchi-qizlarni erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, reproduktiv salomatlik, oila mustahkam va baxtli boʻlishi omillari toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalarini baholadilar.

  Viktorina koʻtarinki ruhda, bahs-munozaralarga boy oʻtdi. Yakunida eng toʻliq va toʻgʻri javoblarni muallifi gʻoliblikni qoʻlga kiritib tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.



SamDTU matbuot xizmati