18-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari hamda Samarqand viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar ekologik qonunchilik-ekologik huquqni taʼminlash omili mavzusida chiqishlar qilib butun dunyoda global boʻlgan ekologik muammolar va ularning insoniyatga taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berish bilan bir qatorda ekologik holatlarni oldini olish borasida insoniyat birdek kurashishi lozimligi xususida qator tavsiyalar ham berib oʻtdilar.
Davra suhbati jonli muloqot sifatida oʻtkazilib uning davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
SamDTU matbuot xizmati