18-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti davolash fakultetini 2021-2022 oʻquv yili bitiruvchilari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Talabalar bilan uchrashuvda fakultet dekani Gʻayrat Lutfullayev bitiruvchilarga yaqinlashayotgan Yakuniy Davlat attestatsiyasiga mukammal tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tavsiyalar haqida batafsil gapirib berdi hamda bitiruv jarayoni bilan bogʻliq talabalarning savollariga javoblar qaytardi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida boʻlib oʻtdi.
SamDTU matbuot xizmati