Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Farovon oila — jamiyatning mustahkam poydevori!” uchrashuvi oʻtkazildi

  “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan “Oila farovonligi yoʻlida” shiori ostida “Farovon oila — jamiyatning mustahkam poydevori!” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

  Tadbir asosiy maqsadi yoshlarga oilaning muqaddasligi, oila goʻzal urf odatlar, qadriyatlarni oʻzida asrovchi, jamiyatning asosiy elementi, ulugʻ dargohligi, uni asrab avaylash va mustahkamlash barchani muqaddas burchi ekanligini muhokama qilish bldi.

  Shuni inobatga olib, — 30-40 yildan ortiq oilaviy hayot tajribalisiga ega, universitetda koʻp yillar davomida dars berib kelayotgan ustozlar — professor N.I.Zakirova, dotsent E.R.Minulin, oʻqituvchi B.E.Kiyamovlar oʻzlarining oilaviy hayot yoʻllari, oila mustahkam, farovon boʻlishi, sogʻlom va baxtli yashash sirlari toʻgʻrisida yoshlar bilan oʻrtoqlashdilar.

  Uchrashuv ochiq muloqot shaklida boʻldi va savollarga javoblar bilan yakun topdi.



SamDTU matbuot xizmati