Samarqand davlat tibbiyot instituti Yoshlar Ittifoqi ijtimoiy va gumanitar kafedrasi bilan hamkorlikda “Kitobxonlar klubi” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi. Mazkur loyihani asosiy maqsadlari bu kitobxonlikni targʻib qilish, talabalar orasidan iqtidorli va tezkor fikrlovchilarini ajratib olib institutni “Zakovat” guruhiga jalb qilish, talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni dunyoqarashini oʻstirish va jamoa boʻlib ishlashga oʻrgatish.
Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar bir kitobni hafta davomida oʻqib soʻng uni ustidan muhokama qilishga qaror qildilar, loyihani amalga oshirish boʻyicha oʻzlarini tashabbus va istaklarini bildirdilar, eng faol talabalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari ham topshirildi. Uchrashuv qizgʻin bahs-munozaraga boy oʻtdi.
SamDTI matbuot xizmati