×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Patologik fiziologiya kafedrasida talabalar ilmiy jamiyati "Yosh patofiziologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyati yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida ilmiy maqola va tezislar bilan ishtirok etish, alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun patofiziologiyaning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotda kasalliklar etiologiyasi va patogenezi muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  "Yosh patofiziologlar" talabalar ilmiy jamiyati raisi kafedra mudiri dots Samiyeva Gulnoza Utkurovna, TIJ faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Xalikova Farida Farxodovna, "Yosh patofiziologlar" sardori: Faraxnoza Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 4-bosqich talabasi.

  TIJ ga har yili 1-3 kurslardan talabalar dars mashg’ulotlarida faolliklari va o’z qiziqishlariga ko’ra tanlab olinadi va har bir talaba uchun ilmiy rahbar tayinlanadi. TIJ ga a’zo talabalar bilan har o’quv yilida 45-50 ga yaqin maqola va tezislar tayyorlanib, nufuzli xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishadi. Talabalar 1 va 2-faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.

  Har oyda 2 marta o’tkaziladigan yig’ilishlarda kasalliklar patofiziologiyasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan dokladlar va laboratoriya ishlari o’tkaziladi